Onaning sutini ovqatga qo‘shib yuborsa

Assalomu alaykum! Bir ayol emizikli paytida chaqalog‘idan ortgan sutini oqib turmasligi uchun idishga soqqan bo‘lsa, keyin shu sutni xech narsani qasd qilmasdan, o‘ylab xam o‘tirmasdan uvol qilmaslig uchun ovqatning xamiriga qo‘shib yuborgan bo‘lsa va shu ovqatdan bolalaridan tashqari eri xam egan bo‘lsa, bu xolatning xukmi qanday bo‘ladi? O‘sha ayol o‘ylamay qilgan ishidan nixoyatda qo‘rqyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Onaning suti bolaga zaruratan halol. U ham qamariy ikki yoshgacha, undan keyin bolaning emishi ham joiz emas. Boladan boshqalarga batariqa joiz emas. Nopok hisoblanadi, lekin o‘rtadagi nikoh buzilmaydi. Boshqa bunday qilmasin. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 05:15 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar