Sigir hisobidan to‘lanadigan zakot

Assalomu alaykum! Xurmatli Ustozlar. Alloh ilmlaringgizni ziyoda qilsin. Abu Zarr roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xuzurlariga kelganimda, u zot: " Jonu tanim qo‘lida bo‘lgan Allohga (yoki "Yakkayu yagona Allohga"dedilar shekilli) qasamyod qilib aytamanki, kimkm tuya, sigir yoki qo‘ylari bo‘la turib, zakot bermagan bo‘lsa, qiyomat kuni eng katta va eng semiz tuyasi, sigiri yoki qo‘yi kelib uni tuyoqlari bilan tepkilaydi, shoxlari bilan suzadi, keyin ketidan boshqalari ham kelib odamlar oldida, to to‘lanmagan zakotning haqqi olinguncha, shu ishni qiladi",- dedilar". Ushbu xadisda sigir, qo‘ylarni soni to‘g‘risida ma’lumot yo‘q ekan. Savolim shuki, men oldinlari 2 tagacha sigir boqqanman, buzoqlari xam shunga yarasha 2-3 ta bo‘lgan, qo‘y- qo‘zilar xam 10-15 tagacha bo‘lgan. Bulardan xam zakot berishim kerakmi yoki chorvadan olinadigan zakot nisobiga etgandan keyin zakot berish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Chorvadan olinadigan zakot nisobiga etgandan keyin zakot berish kerak. Olib bo‘rdoqiga boqib semirtirib sotish uchun olingan mollar bundan mustasno. Ularni sotib pulidan zakot beriladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 17:30 | Savol-javoblar | 170 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar