Dastur sotib olish

Assalomu alaykum! Internet orqali kitob, qo‘llanmalar, video darslar, dasturlarni bir necha kishi pul qo‘shib sotib olsa va foydalansa joizmi? Bunda sheriklar oldindan kelishgan va bir kishi o‘z xisobidan to‘lov qilgan. Keyin sheriklar pulni unga o‘tkazib berishadi. Shu ish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Sotib olib o‘zlariga nusxa tayyorlab olishlari ham joiz, ko‘paytirib sotib tijorat qilmasa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 12:04 | Savol-javoblar | 176 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar