Ona va farzand munosabati

Assalomu alaykum! Otam onam bor Allohga shukr. Lekin oxirgi paytla onam bilan kelisha olmayapman. O‘zim xohlamagan va bilmagan holda hafa qilib qo‘yyapman. Hamma janjal shu pul muammosiga taqalyapti. Informatikadan o‘qtuvchilik qilaman. Yaqinda singlimni unashtirdik Onam Rassiyaga borib ishlab kel to‘yga deganlarida rozi bo‘lmadim. Sababi uylanganimga 5 oy bo‘ldi va o‘zim informatikadan o‘qtuvchiman ish joyim tayin va boshqa ishlarim ham bor. Lekin onamni hech rozi qilolmayapman oddiy narsalarga ham tezda jahllari chiqib mendan hafa bo‘lib qolyaptilar. Topkan pulimni uyga olib kelaman. Qanday yo‘l tutsam bo‘ladi. Iltimos maslahatingizga judayam muxtojman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Singlingizni to‘yini harajati sizni zimmangizga vojib emas. Oilangiz bilan bo‘ling, onangizga ham yaxshi muomala qiling. Imkon darajasida ularga yaxshilik qilishga harakat qiling. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 17:30 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar