Xadisshunos olim

Assalomu alaykum! Yoshim 14da inshalloh kelajakda xadisshunos olim bolmoqchiman buning uchun yoshlikdan nimalarga amal qilishim kerak va qaysi kitoblarni oqishim kerak?2 Bundan tashqari it yani programma yaratish bilan shugullansam boladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1) Hadisshunos emas, muhaddis olim bo‘lmoqchi bo‘lasangiz kerak. Buning uchun avvalo halollik va taqvoga, ibodat va zikrga ko‘proq e’tibor berishingiz kerak. Shuningdek uztozlarni izzat-ikrom qilib, etaglarini ushlashga harakat qilish kerak. Niyatingizga Alloh erishtirsin. Bu ilmga ixtisoslashgan ilm dargohlariga kirib, mutaxassis olimlardan ilm olishingiz darkor. Hozircha arab tilini o‘rganib, hadislarni yodlashga harakat qiling. Bunda sizga “Oltin silsila” va “Hadis va hayot kitoblari qo‘llanma bo‘ladi. 2) Bo‘ladi. Avval birinchi mutaxassislikka mahkam bo‘ling! Alloh tavfiq bersin. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 17:30 | Savol-javoblar | 158 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar