Zarurat yuzasidan etkazib berish xizmati

Assalomu alaykum! Sizlar sabab taom etkazib berishda ham nojoiz tomonlarini bildim. Shu sabab ishimni taksichilikga o‘zgartirgan edim. Yaqinda bir qancha ko‘ngilsizliklar bo‘ldi va bir muddat ishlay olmadim. Hozirda birodarlarimdan qarz bo‘lib qoldim va o‘qish to‘lovlari ham keldi. Shunga hozir kechasi taksichilik qilaman, ertalab issiq moshinani sharoiti yaxshimasligi uchun. Shunga vaqtinchalik shu ehtiyojlarim uchun bir muddat ertalab etkazib berish xizmatida ham ishlasam bo‘ladimi? Agar zarurat bo‘lmaganda ishlamasdim. Boshq ishlarga oylikni ko‘proq kutamiz va yaqinda vizam ham tugaydi. Hozirgi yashayotgan davlatimizda oldin aytganimdek halol restaurant lar kam va biz har xil restaurantlardan faqat taom etkazib beramiz. Shayton kunu tun vasvas qilmoqda. Hatto namozlarimda ham hayolim shu pul topishga chalg‘ib ketmoqda. Yo‘l ko‘rsatinglar ustozlar. Iymonim kuchsizlanayotganini sezmoqdaman. Bu erlarda o‘zimizni yurtdagidek masjidlar yo‘qki borib domlalarimizdan maslahat olsam. Faqat sizlarga murojaat qila olaman. Ajratgan vaqtingizga rozi bo‘ling.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh shunday fazli keng Zotki, nima so‘rasangiz beradi. So‘rashda aslo noumid bo‘lmasangiz bo‘ldi va bir kunda 5-10mingtadan istig‘for aytishni odat qiling. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 17:41 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar