Sura yodlatish

Assalomu alaykum! 6 yarim yosh qizimni tili tengdoshlaridan biroz orqada hali ba’zi harflarni yaxshi talaffuz qila olmaydi. Ammo unga kalima, Ixlos, Kavsar suralarini yodlatganman qaytarib turamiz. Ammo so‘zlarni yaxshi to‘g‘ri aytolmaydi. Endi Nos va Falaqni yodlatmoqchi edim. 9 yoshga to‘lganida adasi, men, ukasi bilan birga hammamiz birga nomoz o‘qishimizni orzu qilaman. Shunday oilalarga havasim keladi. Shu ishim to‘g‘rimi? Tili yaxshi chiqib olishini kutsam kech bo‘lmaydimi? 4yoshli o‘g‘lim esa yaxshi talaffuz qiladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imkoni boricha o‘rgatavering. Talaffuzini keyin tug‘rilayoveradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:09 | Savol-javoblar | 196 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar