Mobil ilovasi

Assalomu alaykum! Google Play dagi «Quran-Uzbek» mobil ilovasini ko‘chirib o‘qisak bo‘ladimi? So‘rayotganim sababi, unga Muhammad Sodiq deb yozib qo‘yilibdi. Men balki shayx hazratlari (Alloh rozi bo‘lsin) nazarda tutilyapti deb o‘yladim. Lekin shubhadaman. Umuman olganda, Android qurilmalar uchun bir nechta ilovalar mavjud ekan qaysi birini maslahat berasizlar. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bizni bu ilovadan habarimiz yo‘q. Siz play market yoki appstore dan “Tafsiri Hilol” dasturini yuklab oling. Unda ma’nolar tarjimasi ham  mavjud. Shuningdek  [url=e-hilolnashr.uz sahifasidan ushbu tafsir haqida va boshqa ko‘plab elektron kitoblar haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 09:40 | Savol-javoblar | 163 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar