Ota-onaga yaxshilik
Assalomu alaykum! Men xozir chet elda o‘qiyman va bu erda Alloh taoloni bizlarga bergan behisob ne’matlari haqida ko‘proq bildim. Ayniqsa oldinlari men o‘ylab ham ko‘rmagan umr ne’matini bildim. Hayot nega berilganligini va Alloh xohlagan payti O‘zi bergan bu hayotimizni olishi mumkinligini ham bildim. Xurmatli ustozlar yaqinda men sizlarga berilgan bir savolni o‘qidim va bu savol meni qo‘rqitdi va meni ham imkon borida o‘zim uchun aziz insonlarni xabardor qilishga undadi. U savolda “Assalomu alaykum! Dadamni olamdan o‘tganlariga 3 yilcha bo‘p qoldi. Ular namoz o‘qimasidilar, oila ish bilan vaqt ajratolmaganlar. Lekin xech qachon yomonlik qilmaganlar, xalol yashaganlar, ko‘p insonlarga yordam berganlar. Ayniqsa qarz ko‘p berganlar, ular bir kun tushimga kirib “2 ta dunyo borakan, ikkinchisiga o‘tish uchun namoz o‘qish kerak ekan. Man bilmaganidim” dedilar. Shundan keyin namoz o‘qishni boshlaganman. Endi ular uchun nima qilsam savob bo‘ladi?" deyilgan edi. Alhamdulillah meni ota-onam hayotlar, ota-onamni uzoq umr ko‘rib savob amallari ko‘p bo‘lishini xoxliyman. Men ota-onamga yoki aka-ukamga agar ular namoz o‘qimasa namoz o‘qinglar deyishim meni vazifamga kiradimi? Bu menga vojibmi? Men xozir o‘zim chet eldaligim va bu erdan turib uydagilarimga namoz o‘qinglar deb aytsam balkim men haqimda noto‘g‘ri gumonga borishar yana bilmadim(chunki oldin ularga aytolmaganman va o‘zim ham bilmaganman). Shu sababli men ota-onamga va aka-ukamga qanday qilib namozni boshlang deb aytsam to‘g‘riroq bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz haqingizda yomon gumonga borsa aytmay qo‘yavering. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 17:20 | Savol-javoblar | 141 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz haqingizda yomon gumonga borsa aytmay qo‘yavering. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 17:20 | Savol-javoblar | 141 | Namoz