Hamshiralar hijob o‘rashi

Assalomu alaykum! Xamshiralar xijob o‘rasa bo‘ladimi, lekin ishda forma kalta kiyishga majburmiz. Men nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eng achinarlisi dunyoni rivojlanganu va rivojlanmagan hamma mamlakatlarda insonni diniy qadriyatini qadrlashadi. Dini taqozo qilgandek kiyinishga ruxsat beradi. Tashqi kiyimi ichki xissiyotiga muvofiq bo‘lishiga ruxsat beradi. Bizda ichki nizom deb butun boshli konstitutsiyaga zid ish qilishadi. Har qanday holatda ham avratingizni berkiting. Har bir hayz ko‘rish yoshiga etgan qiz avratlarini berkitish farz. Berkitmasa gunohkor bo‘ladi. shariatimizda hijobga kirish yoki chiqish degan narsa yo‘q. Avrat joylarni begonalardan yashirish degan narsa bor. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 19:18 | Savol-javoblar | 167 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar