Photoshopda internet orqali pul ishlash
Assalomu alaykum! Men o‘zimning artshork (photoshopda qilgan ish: manzara, 3d model, rasm, dizayn)larimni ingliz saytlarida sotmoqchiman. Unda sizning ishingiz bir kun davomida auksion (kimoshdi) savdosi bo‘ladi va oxirgi etgan narxning 85% ini siz olasiz va sotib bergani uchun sayt qolgan qismini oladi. Bu saytlar asosan ETH (Ethereum - internetdagi pul birligi ) da ishlaydi. Meni o‘ylantirgan narsa ham shunda! Sababi bu pul birligi kriptovalyuta, lekin ko‘p ma’lumotlarni o‘qiganimda bu kriptovalyutalar asosan noshar’iy ishlarga ishlatiladi, shuning uchun nojoiz deb o‘qidim. Lekin men aytgan joyda siz o‘zingiz mehnat qilgan ishingizni sotasiz. Bu musulmonchilikka to‘g‘ri keladimi? Ya’ni Photoshopda qilgan ishlarimni sotib ETH ishlab, uni dollarga aylantirib keyin so‘mga aylantirib foydalanishim halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘zingizning ishlaringizni sotishingiz joiz. Lekin kriptovalyutaga sotish va haqqingizni o‘shanda olishingiz joiz emas. Ulamolar kriptovalyutani ishlatishga hozircha ruxsat bermaganlar. Sotuvchi tashkilotdan boshqa valyutada sotishni tashkillashtirishni so‘rang. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 18:35 | Savol-javoblar | 181 | Moliya va tijorat