Guvohlik
Assalomu alaykum! Yaqinda avto halokat sodir bo‘ldi. Men jabrlanuvchining mashinasi ichida edim. Mashina egasini aytishicha u piyodalar yo‘lakchasida to‘xtagan piyodani o‘tkazish uchun to‘xtaganida boshqa mashina orqadan urgan. Men uxlab yotganim uchun buni ko‘rmadim. Hozir esa u odam meni guvoh bo‘lishimni so‘ramoqda, lekin faqat mashinamizni orqadan urilgandan keyin ko‘rdim xolos. Voqeadan bir necha kun o‘tib, jabrlanuvchi sxema chizib kelib mendan qo‘l qo‘yishimni so‘radi. Sxema halokat bo‘lgan zahoti tuzilishi kerak. Men faqat orqamizdan urganiga guvohlik bera olaman deb javob berdim. Yaqinda sud, men nima qilishim mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ko‘rganingizni aytib boshqasini aytmaysiz. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 16:27 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ko‘rganingizni aytib boshqasini aytmaysiz. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 16:27 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar