Imom sano o‘qimasa

Assalomu alaykum! Imom sano o‘qimay Fotihani boshlab ketadi, namozni qayta o‘qimizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sanoni ichida o‘qiydida, uni orqada turganlar eshitishmaydi. Agar takbirdan so‘ng sano o‘qishga etarli vaqt o‘tmay Fotihani o‘qib ketsa biror ilmli yoshi ulug‘ inson sano o‘qish kerakligini aytib qo‘ysin. Sano o‘qimagan bo‘lsa, namoz buzilmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 18:57 | Savol-javoblar | 153 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar