Ishxonada namozga ijozat berilmasa
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men Rossiyada xolamning o‘g‘lining magazinida sotuvchi bo‘lib ishlayabman. Boshlig‘imdan namozimni magazinda aloxida xonachada o‘qib olish uchun ijozat so‘ragan edim, rozi bo‘lmadilar. Yaqin ikki oydan beri kunduzgi namozlarimni boshlig‘im ijozat bermaganlari uchun bilidirib qo‘ymaslik uchun faqatgina farzlarini o‘qib olayabman. Bugun boshlig‘im bilib qolib yana o‘z noroziligini bildirdilar. Aytingchi namozimni shunday yashirib o‘qib olsam to‘g‘ri bo‘ladimi? Boshligimni norozi qilganim uchun gunoxkor bo‘lib qolmayabmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvalo banda Alloh taoloning amrlari, qaytariqlari qarshisida amr va qaytariqlarni belgilab olishi o‘ta og‘ir gunoh. Shunday qilingan taqdirda banda Allohning amrlarini ustun qo‘yishi shart. Bu kabi holatlarda bandaning noroziligi hech qanday e’tiborga olinmaydi. Hatto u ota-ona bo‘lgan taqdirda ham. Siz nima qilib bo‘lsa ham namozingizni o‘qing. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:02 | Savol-javoblar | 136 | Ibodatlar