Ikki o‘g‘il uchun aqiqa
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh siz aziz ustozlarning xalqimiz diniy salohiyatini yanada oshirish yo‘lida olib borayotgan ishlaringizga barokotlar ato etsin. Hamda bu xayrli ishlaringizning ajru savobini bersin. Mening bermoqchi bo‘lgan savolim aqiqa marosimi haqida. Men eshitgan ma’lumotlarga ko‘ra har bir tug‘ilgan o‘g‘il bola nomidan ikkita qo‘y aqiqa kilinishi kerak. Mening Allohga shukur ikkita o‘g‘lim bor. Ular nomidan bir vaqtda har ikkalasi uchun bitta mol so‘ysam bo‘ladimi? Keyin so‘yilgan mol go‘shti qanday ehson qilinadi? Oilamga ham olib qolishim joizmi yoki hammasini tarqatish to‘g‘riroqmi? Iltimos ma’lumot bersangiz. Oldindan kattakon rahmat. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bo‘ladi. 2). Ixtiyoringiz. Oilangizga olib qolishning hech qanday karohiyati yo‘q. Uchdan birini faqir-miskinlarga tarqatishingiz afzal. Bolalaringiz ularni duolaridan bahramad bo‘lar edi. Vallohu a’lam!
28 Iyul 2022, 09:51 | Savol-javoblar | 171 | Oila va turmush