Pul ayirboshlash

Assalomu alaykum! Menda 6000 rubl bor edi. Qo‘shnim rossiyaga ketmoqchiligini va shu pulni berishimni va 3 oydan so‘ng 6000 rubl o‘rniga 100 dollar berishini aytdi. Avvaliga yo‘q dedim va keyin rozi bo‘ldim. 100 dollar xozirda 7300 rublni tashkil qiladi. Men pulni ukasi guvohligida berdim. Lekin undan qo‘shib berishini so‘ramagandim. Shu qo‘shib berilgan pulni olishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. 6000 bergan bo‘lsangiz 6000ni o‘zini olasiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 18:57 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar