Kechiktirganga shtraf solish

Assalomu alaykum! Men arendaga mashina berganman, bergan odamim xar safar kelishilgan muddatdan chamasi 1 xaftalar kech beradi, meni xam birovga berishim bor, u odammi oldida xijolat bo‘lib qovomman, bunaqa cho‘zib yurmasligi uchun, o‘zi rozi bo‘lsa shtraf solsa bo‘ladimi? Agar bo‘lmasa shtraf pulini olib, oxirida o‘ziga qaytarib bersachi, sal masuliyatlik bo‘lishi uchun?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaytarib berish maqsadida ham shtraf solmasligingiz kerak. Shtraflar ko‘payib ketib bergingiz kelmay qolsachi. Bu odamdan bir amallab haqqingizni olib keyingi insonlarni surishtirib mas’uliyatli ekanini bilishga harakat qilib soting. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 19:19 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar