Sutraning o‘lchami
Assalomu alaykum! Sutraning o‘lchami qanday bo‘lishi kerak, ya’ni nimalar sutra bo‘laoladi. Sababi bugun juma namozining sunnatidan keyin bir kishi namozini tugatmagan edi, boshqa bir namozxon uning odidan o‘tib ketayotgan edi, sherigi uni to‘xtatib namoz o‘qishyapti kesib o‘tmang dedi. U kishi uning oldida oyoq kiyimi bor ekan, shu sutraning o‘rnida o‘tadi deb yo‘lida davom etdi. U kishi to‘g‘ri qildimi? Men qaerdadir sutra qalinligi barmoq qalinligida, balandligi 40 santimetr bo‘lishi kerak deb eshitgandim, shuni manbasini topaolmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! «Sutra» deganda namozxonning oldidan biror narsa o‘tmasligi uchun qo‘yilgan to‘siq tushuniladi.
Sutra»ni hanafiy va molikiy mazhablari mandub, shofe’iy va hanbaliy mazhablari mustahab, deganlar.
Devor, ustun, nayza, aso, boshqa biror narsa sutra bo‘lishi mumkin. Hech narsa topilmasa, bitta chiziq chizib qo‘yilsa ham bo‘ladi. Maqsad, namozxonning oldidan biror narsa o‘tib, ko‘nglini buzmasin, xususan, shayton vasvasa qilmasin. («Kifoya» kitobidan). 46 sm bo‘ladi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 07:29 | Savol-javoblar | 204 | Namoz