Musofirning ovqatlanishi

Assalomu alaykum! Men o‘qishga Evropaga kelgandim, kelganimga 2 oy bo‘ldi, lekin meni bitta savol shu kunlarda juda qiynayabti, shu erdagi musulmon tanish insonlardan so‘rasak, bir xillari ko‘chadan tovuq, mol go‘shtini eyish xarom chunki bebismollox so‘yiladi deyshdi. Bismillox aytib so‘yilgan go‘shnigina eyish mumkun deyshdi. Yana birxillari esa, eyish mumkun faqat Bismillox dep eyish kerak deyshti. Fikrlar ikki tarafka bo‘lindi, aniq bir qarorga kelolmastan so‘rab aniqlashtirib olmoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Go‘sht so‘yilganda tasmiya aytilmagan bo‘lsa haromdir. Alloh taolo "An’om" surasida marhamat qiladi: وَلاَ تَأْكُلُواْ مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ اسْمُ اللّهِ عَلَيْهِ وَإِنَّهُ لَفِسْقٌ وَإِنَّ الشَّيَاطِينَ لَيُوحُونَ إِلَى أَوْلِيَآئِهِمْ لِيُجَادِلُوكُمْ وَإِنْ أَطَعْتُمُوهُمْ إِنَّكُمْ لَمُشْرِكُونَ۝ 121. Ustida Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni emanglar. Shubhasiz, u fisqdir. Albatta, shaytonlar o‘z do‘stlariga sizlar bilan tortishishni vasvasa qilurlar. Agar ularga itoat qilsangiz, albatta, sizlar ham mushriklar bo‘lursizlar. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 00:55 | Savol-javoblar | 132 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar