Telegramda gruppa ochish gunohmi
Assalomu alaykum! Biz telegram orqali guruh ochganmiz erkak ayol aralash 9000dan ziyod obunachilarimiz bor u erda islomiy savol javoblar testlar bo‘ladi guruhda chat ham bo‘ladi ya’ni diniy savol beriladi ayollar ham bolalar ham javob yozishadi shaxsiy narsa yozilmedi. Shu ishimiz joizmi, savob umidida ochilgan savobdan umid qise bo‘ladimi yoki bu gunohmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kabi diniy savol-javoblar loyihalarini ishonchli ustozlar qo‘lida ilm olib masalani to‘g‘ri-noto‘g‘riligini ajrata oladigan, holat va undagi fiqhiy hukmni biladigan ahli ilmlar qilishlari kerak. Agar shunday kishilar nazoratida qilganingizda edi, bu savolga o‘rin ham qolmasdi. Musulmonlarning iymon-e’tiqodi, halol-harom masalasi o‘ta mas’uliyatli bo‘lib, uni ahli ilmlar nazoratida olib borilmasa xato qilib gunohkor bo‘lib qolishingiz ehtimoli katta. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 19:19 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar