Bemorlikda namoz

Assalomu alaykum! Operatsiya bo‘ldim, chap oyog‘imdan buklab bo‘lmayobdi, lekin xojatxonaga bir amallab borib kelyapman. Doktor 10 kun qimirlamay yotishni 1 xafta esa suv tekkizmang deb tayinladi. Man yuviladigan joylarni yuvib, taxorat olib, tik turib niyat qilaman. Rukuda esa o‘tirgan xolatda 5 vaqt namozlarimni faqat farzini o‘qiyapman. Qolganiga oyog‘im uvishib og‘riq bermoqda. Sunnatini xam o‘qishim darkormi? Shu xolatim to‘g‘rimi yoki noto‘g‘ri kilyapmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imkoningiz boricha o‘qiyvering. Sunnatini o‘tirib o‘qish ham joiz. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 08:38 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar