Namozda Qur’onni ushlab o‘qish
Assalomu alaykum! Men ba’zida juma kunlari 2 rakatli namoz o‘qiyman. Birinchi rakatida Yasin surasi. Ikkinchi rakatda Mulk surasini. Mulk surasini yoddan bilaman, lekin Yasin surasini yoddan bilmayman. Shuning uchun Qu’onni qo‘limga ushlab, varaqlab o‘qir edim. Yaqinda xanafiy mashabida buni makruhligini bilib qoldim. Naflni tark etgim kelmayapdi. Lekin Yasin surasini yodlashim uchun juda kup vaqt kerak. Iltimos maslahat beringlar. Rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Islom dini itoat dinidir. Unda Alloh va rasuli nimaga buyursa o‘shani qilish savob hisoblanadi. Inson o‘zi xohishicha ish yuritishi gunoh hisoblanadi. Siz juma kuni tasbeh namozini o‘qishga o‘rganing. Inson biror amalni o‘zicha ibodat deb bajarishi mumkin emas. Ibodat, albatta biror bir dalilga suyangan bo‘lishi shart. Ba’zi bir o‘rinlarda kishilar o‘z o‘lchovlariga qarab, ibodat bo‘lmagan, balki gunoh bo‘lgan ishlarini ham ibodat deb biladilar. Buning havfli tomoni shundaki, kishi goho o‘zi bilmagan holatda shariat harom qilgan ishlarni ham ibodat va savobli ish deb e’tiqod qilib qoladi. Shariatimizdan ma’lumki zino, xamr ichish, sudxo‘rlik va birovning haqqini eyish kabi ishlar qat’iy harom hisoblanadi. Mabodo shu ishlarga aralashgan kishi “kimnidir hojatini chiqarayapman, bu ham ibodat” deydigan bo‘lsa, dindan chiqqan bo‘lib, nikohini yangilatib olishi shart bo‘ladi. Shuning uchun inson har bir qilayotgan ishini shariat o‘lchovi ila o‘lchamog‘i kerak. Biror bir narsa to‘g‘risida hukm chiqarishdan avval dalilga suyanishi kerak. Ulamolarimiz : “bir kishi hatto tahoratni mukammal qilib, riyo bo‘lmasin deb, uyning eng ichkarisida yig‘lab, asr bilan shom o‘rtasida nafl namoz o‘qiydigan bo‘lsa, gunohkor bo‘ladi” deganlar. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam asr namozidan keyin shom namozi vaqti kirgunicha nafl namoz o‘qishdan qaytarganlar. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 05:57 | Savol-javoblar | 170 | Ibodatlar