Kirk,yigirma va xokazo
Mayyitning uyida turt-besh kun utgandan keyin albatta kuy suyib "xudoi" yoki "maraka" degan marosim buladi,exson kilishadi.Keyin yigirma kunga yakinlashganda "yigirma"deb yana odamlarni chakirib exson kilishadi.Kirk kunga yakinlashganda (37,38 kunlarning birida) "kirk" deb yana usha marosim,odamchakirdi buladi,bir yil utganda "yil" deb exson beriladi.Bularni kilmasa bulmaydi deyishadi,odamlar nima deydi deganlar xam kup.Axir bu RIYoku!Odamlarning gapidan xijolat bulmaslik. Kuy suyib odamlarga taom edirsa,savobi ulgan kishisiga etishi xakida nima deyilgan? Shularni albatta kilish kerakmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- OTA-ONANI YO‘QLAB TAOM ULAShIB EHSON QILIShShuning uchun ham, ushbu maqomda bu masalani qisqacha yoritib o‘tishni ma’qul topdik.Avvalo dafndan keyingi uch kun ichida musiybatga uchraganlar boshqalarga taom qilib berishlari makruhdir. Musiybatzadalarga ularning yaqinlari va qo‘shnilari taom taqdim qilishlari mustahabdir. Merosxo‘rlarning ichida balog‘atga etmagan bolalar bo‘lsa, boshqalarga taom qilib berish haromdir. Mazkur uch kundan keyin mayyit ahli taom qilib ulashsa durustligi yuzaga chiqadi. Ammo shariatda “uch”, “yigirma”, “qirq”, “yil” va boshqa nomlar bilan ataladigan marosimlar yo‘q. Katta kitoblarda ham, kichiklarida ham, arabchasida ham, ajamchasida ham bu nomlarning birortasini topib bo‘lmaydi.Kitoblarda motam munosabati ila qilinadigan taomni vaziyma deyiladi degan gap bor, xolos.O‘sha vaziymaning kuni, hajmi, unga pishiriladigan taomning turi va boshqa narsalari belgilangan emas. Bunday ehsonni o‘zidan, oilasidan, qaromog‘idagilardan orttirganda, balog‘atga etmagan bolalarning haqqini aralashtirmasdan ko‘ngli istagan paytda qilish mumkin. Bunda turli bid’at-xurofotlarni aralashtirmaslik shart. Faqihlar bu boradagi hujjat va dalillarni ta’lil qilib, jumladan quyidagi xulosaga kelganlar: Mayyitga savobi etadigan narsalar:Barcha ulamolar mayyitning duo, istig‘for, sadaqa va haj kabi badaniy-moliyaviy ibodatlardan manfaat olishiga ittifoq qilganlar.Ulamolar namoz va Qur’on qiroati kabi badaniy ibodatlardan mayyit foyda olishi haqida bir oz ixtilof qilganlar.Hanafiylarning muxtor(ixtiyor) qilgan qavllari bo‘yicha, qorilar qabrning oldida o‘tirib qiroat qilsalar, bo‘ladi. Boshqa erlardagi qiroatning savobi etishi haqida shubha yo‘q. Chunki, Qur’on qiroati bo‘lgan erga rahmat va baraka nozil bo‘ladi. Qur’on qiroatidan ke-yingi duoning qabul bo‘lishi oson.Hanbaliylar, qabr oldida qiroat qilsa bo‘ladi, deganlar va unga «Yaasiyn»ni o‘lganlarga o‘qish haqidagi hadislarni dalil qilganlar.Molikiylar, mayyitga uning o‘limidan keyin va qabr oldida qiroat qilish makruh, chunki avvalgilar bundoq qilmagan, deganlar. Ammo ularning keyingi ulamolari Qur’on qiroati va zikr qilib savobini mayyitga bag‘ishlash mumkin va bag‘ishlovchiga ham ajr bo‘ladi, deganlar.Avvalgi Shofe’iylar, mayyitga o‘zining amalidan boshqa amal manfaat bermaydi, deganlar.Ammo keyingi ulamolari tahqiq qilib, «Fotiha» va boshqa suralarning qiroati savobi o‘lganlarga etadi, deganlar. Odamlar shunga amal qilganlar.Shundoq qilib, to‘rt mazhabning barchasi Qur’on qiroatining savobi o‘tganlarga etishiga ittifoq qilganlar.O‘tganlarni, xususan, ota-onalarni yo‘qlash, ruhlarini shod qilish va ortlaridan savob yuborish haqida so‘z yuritilar ekan quyidagi hadisi sharifni yodga olish zarur bo‘ladi.Anas ibn Molikdan eshtigan kishidan rivoyat qilinadi:“Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar:“Albatta, amallaringiz o‘lgan yaqinlaringiz va qarindoshlaringizga ko‘rsatilur. Agar yaxshi bo‘lsa, ular bashorat olurlar. Agar boshqacha bo‘lsa, Allohim, bizni hidoyat qilganing kabi ularni ham hidoyat qilmay turib o‘ldirib qo‘ymagin deyishadi”.Ahmad rivoyat qilgan. Demak, vafot etgan ota-onamiz va yaqinlarimizning yodlashimiz yilda bir yoki ikki marta yoziladigan dasturxon paytidagina emas, har lahzada bo‘lishi kerak.Alloh taolo barcha farzandlarga ota-onalariga tiriklik chog‘ida barcha yaxshiliklarni qilib, roziliklarini topib, duolarini olishni nasib etsin. O‘tganlaridan keyingi haqlarini ham sharaf bilan ado etishni muyassar qilsin!
27 May 2022, 04:07 | Savol-javoblar | 139 | Ruhiy tarbiya