Bunday tarkibli kvasni ichish (sotish) mumkinmi?

Hozir bir birodarimizning do‘koniga borib, kvas ichimligini ko‘rib qoldim. Bilamizki, siz "kvas ichish mumkinmi" degan ma’nodagi savolga tarkibiga qaraladi degansiz. Shuning uchun kvasning tarkibini yozib oldim. Savolim shuki, yorlig‘ida yozilishicha tarkibi quyidagicha bo‘lgan kvasni ichish (sotish) mumkinmi? Xlebniy kray - an’anaviy haqiqiy rus ta’miga ega bo‘lgan kvas, yuqori sifatli arpa va eng toza suvdan foydalangan holda tayyorlangan. Tarkibi: tozalangan ichimlik suvi, arpa, shakar, kvas atalasi konsentrati, undirilmagan homashyo, limon kislotasi, natriy benzoati. 100g - da oziqaviy qiymati - 30 kkal, uglevodlar - 7,0 g. Alkagol miqdori ko‘rsatkichi 1,0 % dan kam emas. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan. Mahsulot sertifikatlangan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alkogol miqdori ko‘rsatkichi 1,0 % dan kam emas bo‘lsa, joiz emas.

27 Aprel 2022, 09:51 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar