Singlimni ajratib olsammikin
Assalomu alaykum! Mani singlim erini bir ayol bilan galashib yurganini bilib qolibdi. Buni erixam tan oldi, singlim yashamayman deyapti. Oldin xam eri urgandi keyin yalinib olib ketkandi. Endi bunaqa xunari chiqibdi, otam vafot etganla, ota o‘rnida otaman. Singlimni ajratvolay desam o‘rtada 2 yoshlik bola bor. Er-xotinni o‘rtasiga tushmay desam otamdan keyin tamom bo‘lgan onam borla, ezilib ketyaptila. Nima qilsam to‘g‘ri bo‘ladi? Xammasiga tayyorman, yaxshi bo‘lsa bo‘ldi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu masalani echimi emas. Ajratib olsangiz eng katta dushmanning ishini qilgan bo‘lasiz. Singlingiz ersiz qoladi va keyinroq kimgadir ikkinchi yoki uchinchi xotin bo‘ladi. Sabr qilish va aralashmaslik kerak. Kiyovga chiroyli nasihat qilib yaxshi yo‘lga da’vat qiling. Gunohlardan uzoqda yurishga oilasiga mas’uliyatli bo‘lishga o‘rgating. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 16:51 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush