Alahsirash haqida
Assalomu alaykum! Bir joyda Payg‘ambarimiz o‘lim to‘shagida yotganlarida, "Qog‘oz qalam keltiringlar" deganlarida Umar (r.a) "Alaqsirayaptilar, bermanglar" degan ekanlar. Shu qanchalik rost?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bu gap Sahihul Buxoriyda ham keladi, lekin Hazrati Umarning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqlarida “alaxsirayaptilar” deb tarjima qilish biroz qo‘polroq bo‘lgan. Shu gapdan shia toifasi hazrati Umar roziyallohu anhuning qarshisiga katta fitnani dastak qilib olishgan. Aslida esa hazrati Umardek zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga beodoblik qilishlari muhol narsa. Alloh taolo hazrait Umarni tirikligidayoq jannatiy ekanligini xabarini bergan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buni bashoratini berganlar. Aslida hazrati Aliy roziyallohu anhudan shu kabi holat sodir bo‘lgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buni aslo beodoblikka yo‘ygan emaslar. Hudaybiya sulhida Rasulullohdan deb yozganida quraysh tomonidan bo‘lgan vakil “Abdulloh o‘g‘li Muhammaddan deb yoz” deb turib olgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hazrati Aliyga “Rasululloh degan joyini o‘chir” deganlar. hazrati Aliy o‘chirmasligiga qasam ichan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari “O‘sha joyini menga ko‘rsat” deb o‘zlari o‘chirib qo‘yganlar. Hazrati Aliy roziyallohu anhudan buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amrlariga qarshi chiqish deyish aslo mumkin emas. Xuddi shuningdek Umar roziyallohu anhuning tutgan ishlarini ham amrlariga qarshi chiqish deb bilmaslik kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:08 | Savol-javoblar | 175 | Siyrat va tarix