Xotinni so‘kish, urish

Assalomu alaykum! Xotinimni taqdirdan norozichiligi ko‘p, ba’zida o‘zimni to‘xtatolmay so‘kaman yoki uraman. Taqdirdan rozi bo‘lmaguncha iymoni komil bo‘lishini tushuntirolmayman. Minnati ko‘p. So‘kib, urib gunohga botyapmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta so‘kib, urib gunoh qilyapsiz. Ojiz odam ayoliga qo‘l ko‘taradi. Siz ayolingizdan oldin o‘zingizni isloh qilib oling. Ayolingizga yaxshi muomala qilib, tushuntirishga harakat qiling. Haqqiga ko‘p duo qiling. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 20:46 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar