O‘ziga sabr so‘rash
Inson mo‘min birodarlari va yaqinlari uchun sabr so‘rashi mumkinligini bilamiz "Alloh sabr bersin!" qabilida. Inson o‘ziga sabr so‘rashi qanday? Shu narsa joizmi?Qidirib quyidagi hadisni topdim. Inson o‘ziga sabr so‘rashi mumkinligiga shu hadis javob bo‘la oladimi?Abu Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Ansoriylardan bir qancha odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan (mol) so‘radilar. Bas, U zot ularga berdilar. So‘ngra yana so‘radilar, yana berdilar. So‘ngra yana so‘radilar, yana berdilar. Hatto, huzurlaridagi narsa qolmadi. Shunda U zot:«Huzurimda nima yaxshilik bo‘lsa, sizlarga bermay olib qolmasman. Kim iffat talab bo‘lsa, Alloh uni iffatli qilur. Kim behojatlik talab qilsa, Alloh uni behojat qilur. Kim sabr talab qilsa, Alloh uni sabrli qilur. Hech kimga sabrdan ko‘ra yaxshiroq va kengroq ato berilmagan», dedilar».Beshovlari rivoyat qilishgan.Olloh rozi bo‘lsin sizdan!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘g‘ri.
1 May 2022, 13:57 | Savol-javoblar | 157 | Duolar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘g‘ri.
1 May 2022, 13:57 | Savol-javoblar | 157 | Duolar