Xristyan dinga mansub tanish
Assalomu alaykum! Men Allohga shukur musulmon oilada tavallud topdim, tarbiyalandim. Xozirda 5 vaqt namozimni o‘qiyman, Rossiyaning Moskva shaxrida 10 yildan beri 1 insonni qo‘lida ishlab kelmoqdamiz. U inson bizga ancha narsani o‘rgatgan, o‘zimizni ishimiz juda puxta tayorlangan va juda chiroyli tarbiyalangan. Biz undan juda xam minnatdormiz. U odam kamida 40tacha insonni xar yili ish bilan ta’minlab pulini olib berib yurardi. Shu yil iyun oyi oxirida o‘lib qoldi. Biz nima qilishimizni bilmay qoldik, na bir kalima aytdik na uyiga bordik. Xar kuni biz nima qilsak to‘g‘ri bo‘ladi degan savol ichimizni kemiryapti. U inson bizni dinimizda emasdi. Nima qilsak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Uyiga borib ta’ziya bildirishingiz mumkin edi. Ta’ziyada Alloh u kishini o‘zi hayotligida suyganlariga hamroh qilsin deb ta’ziya bildiriladi. Unga jannat, rahmat va istig‘forlarni aytilmaydi. Qilgan yaxshiliklarini zikr qilib eslash mumkin. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 07:46 | Savol-javoblar | 169 | Boshqa ibodatlar