Uvol bo‘lmaslik uchun

Assalomu alaykum! Men oxrana bo‘lib ishlayman. Menga va boshqa smena oxranalariga zavtrak obed ujin keladi. Baz’ida shu taomlar va nonlar ortib qoladi. Qolib ketgan taom va nonlarni uvol bo‘lmasligi uchun uyga olib ketib istemol qilsak bo‘ladimi? Xarommasmi bu taom nonlar? Ba’zida esa bu taom va nonlarni itga yoki uyga olib ketib qo‘ylarga xam beraman(2-3 kun turib qolgandan k.n). Shu masalani tushuntirib bersangiz iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar sizga berilgan bo‘lsa u sizning mulkingiz bo‘lib hoxlagancha tasarruf qilishingiz mumkin. Agar boshqa kishilarning taomi bo‘lsa, o‘zlaridan rozilik olishingiz kerak. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:12 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar