Muzorobadagi tushunmaganimiz

Assalomu alaykum! Biz ustozimiz bilan الجوهر النيرة degan kitobda muzoraba bo‘limida shunday narsani o‘qidik. Ustozimiz tushuntirdilar, lekin yaxshi tushunmadik.  وَقَالَ أَبُو يُوسُفَ يَطِيبُلَهُ، فَإِذَا أَرَادَ رَبُّ الْمَالِ أَنْ يَجْعَلَ الْمَالَ مَضْمُونًا عَلَى الْمُضَارِبِ فَالْحِيلَةُ فِي ذَلِكَ أَنْ يُقْرِضَهُ الْمُضَارِبَ وَيُسَلِّمَهُ إلَيْهِ وَيُشْهِدَ عَلَيْهِ، ثُمَّ يَأْخُذَهُ مِنْهُمُضَارَبَةً بِالنِّصْفِ، أَوْ الثُّلُثِ، ثُمَّ يَدْفَعَهُ إلَى الْمُسْتَقْرِضِ وَيَسْتَعِينَ بِهِ فِي الْعَمَلِ حَتَّى إنَّهُ لَوْ هَلَكَ فِي يَدِهِ فَالْقَرْضُ عَلَيْهِ، وَإِذَا رَبِحَ وَلَمْ يَهْلِكْ يَكُونُ الرِّبْحُ بَيْنَهُمَا عَلَى الشَّرْطِShuni sharxlab soddoroq misollar bilan keltirib bersangizlar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Robbul mol pulga kuymaslikni hohlasa quyidagicha hiyla qiladi: 1) Robbul mol bo‘lgan Amr muzorib bo‘lgan Zaydga yuz ming so‘mni guvohlar oldida qarz sifatida topshiradi. 2) Keyin kelgusida bo‘ladigan foydaning yarmi yoki uchdan birini olish evaziga bergan yuz mingini muzoraba qilish uchun Zayddan qaytarib oladi. 3) So‘ngra Zaydni muzoraba ishlarida o‘ziga yordamchi qilib olib unga pulni yana topshiradi.4) Shundan keyin mobodo tikilgan pul Zaydning qo‘lida halokatga uchrasa Amr muzorib sifatida Zaydga pulni to‘lab bermaydi. Ammo Zayd avvalda guvohlar oldida qarz sifatida o‘ziga topshirilgan yuz ming so‘mni Amrga to‘lab beradi. Shunda Amr bergan puliga kuymaydi. Hulosa; Robbul mol birinchi suratda qarz beruvchi ikkinchi suratda muzorib bo‘ldi. Muzorib esa birinchi suratda qarz oluvchi va ikkinchi suratda robbul mol bo‘ldi. Bu suratlarda mol halok bo‘lsa qarzdor qarzni to‘laydi va muzorib esa halok bo‘lgan molni to‘lamaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 21:18 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar