Ota ona o‘rtasidagi muamolar
Assalomu alaykum! Dadam ko‘pincha uyda janjal qiladilar biz uydamasligimizda onamni qattiq urgan ekanlar onam buni bizga aytmagandilar keyin bilib qoldim. Otam ko‘pincha onamni o‘tib ketgan onalari nomidan so‘kib haqorat qiladilar. Ustozlar men bularni bilganimdan so‘ng nafaqat meni balki akam va singlimning ham dadamga mehri yuqolgan meni 1). Qanday qilib dadamni o‘zgartira olaman yordam beringlar iltimos, dadamga din haqida aytsam bazida shirk so‘zlarni ishlatadilar. 2). Shu so‘zlarni aytishkariga men sababchi bo‘lib ularni ham o‘zimni ham gunohkor qilib quymayabmanni? 3). Bizni oilada shu janjallar tufayli akam bilan dadamning o‘rtalarida sovuqchilik bor. Ularni qanday qilib bir birlariga mehr uygatish mumkin? 4). Bazan dadamning bu harakatlaridan keyin men ham ukarga baqirib yuborishdan dadamni hafa qilib qo‘yishdan qo‘rqaman. Iltimos ustozlar to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Avvalo barcha ish Allohning qo‘lidadir. Biz bandalar u zotdan yordam so‘rab, sabablarin qoim qilishga buyurilganmiz. Natija esa u Zotning o‘ziga havola. Sizning holatingiz siz uchun berilgan bir sinovdir. Ota-onaga har qanday holatda ham go‘zal munosabatda bo‘lish darkor. Ularga ozor berishdan, dilini og‘ritishdan saqlanish kerak. Modomiki gunoh-ma’siyatga buyurmayotgan ekan aytganlarini bajarish kerak. Shu bilan birga munkar ishni ko‘rganda munosib uslubda bundan qaytarish ham lozim. Otangizni xulqi yomon bo‘lsa u kishiga so‘zi o‘tadigan qarindoshlar, do‘stlari, yoshi ulug‘ ahli ilmlardan yordam oling.2). Otangiz aytayotgan so‘z shirk deb o‘zingizcha xulosa chiqarmang.3-4). Ota-onaning hurmatini joyiga qo‘yinglar. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 22:02 | Savol-javoblar | 183 | Oila va turmush