Shunday kelishsak bo‘ladimi?

Assalamu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Men bir kishiga o‘zim yasagan mahsulotni sotishga bermoqchiman, lekin u odam yolg‘on gapiradi, savdoda ham yolg‘on gapirishi mumkin. Men unga “O‘ziz mendan qarzga sotib olib, sotgandan keyin pulini bering” desam ham ko‘nmayapti. Bu bilan menga yaxshilik qilmoqchi o‘zicha, ya’ni mendan foyda ko‘rishni istamayapti, qimmatroq sotilsa menga ko‘proq foyda bo‘lishini o‘ylayapti. Men unga "Siz savdoda yolg‘on gapirasiz, shuning uchun bunday qilolmayman" desam qanday qabul qiladi bilmadim. "Yolg‘on gapirmay soting" deyishim mumkin, "Xo‘p" deydi, lekin bilganini qiladi. Shuning uchun men u kishi bilan "Qarzga olib sotib berishni istamasangiz, mahsulotni sizga yuboraman, istagan narxingizda soting. Keyin menga falon miqdorda kam pul bersiz" deb kelishsam, u mening mahsulotimni yolg‘on gapirib sotsa ham menga halol bo‘ladimi, gunohkor bo‘lmaymanmi? Agar bu mumkin bo‘lmasa, qanday qilsam to‘g‘ri bo‘lishini o‘rgatsangiz iltimos.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz unga narxni tayin qilib bersangiz bo‘ladi.

26 May 2022, 20:24 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar