Avliyo pirlardan madad so‘rash
Assalomu alaykum! Yoshim 41da, ilimsizman, ayrim janozalarga taziyali xonadonlarga borganimda mulla akalar Qur’on tilovatidan so‘ng shu xonadon egalarini ishlariga avliyo pirlar madadkor bo‘lsin deb duo qilishadi. Bu qanchalik to‘g‘ri? Barchamiz faqat Allohdan madad so‘rashimiz kerak emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U siz aytgan odamlarga yaxshilab e’tibor bersangiz bir vaqtlar ateist yoki biror bir korxonani yulg‘uvchisi yoki biror maxallani sobiq oqsoqoli bo‘lib chiqadi. Yoshligida tark qilolmagan odatlari tez-tez namoyon bo‘lib turadi. Birorta bir kitobni ahli ilmlardan o‘qigan bo‘lganida edi, pirlardan madad so‘rash shirkligini bilardi. Birortasi tijorat sohasining mutaxassisi bo‘lsa unga tegishli masalalarda undan maslahat olish kerak. Kasallik borasida doktordan maslahat olish kerak. Din borasida esa albatta shu sohani ilmini o‘rgangan, ijozasini olgan, ustozlari ma’lum bo‘gan haqiqiy ilm ahlidan maslahat olish kerak. Birortasi oq xalatni kiyib boshiga qalpoqni qo‘ndirib xona ochib olsa uni oldiga hech kim bormasligi kerak. Borgan odamni axmoq deyiladi. Din ishida esa bunga ko‘p ham e’tibor berilmaydi. To‘g‘ri kelgan salla kiyganni domla deb o‘ylashaverishadi. Chala tabib jonga xatar, chala mulla iymonga xatar deb bekorga aytilmagan. O‘shalarni din borasida sizchalik tushunchasi bo‘lganida edi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:49 | Savol-javoblar | 148 | Islam