Buyruq
Assalomu alaykum! Inson davlat organlarida ishlasa, u erda o‘zidan katta lavozimda ishlaydigan insonga bo‘ysunadi va buyruqlarini bajarishi lozim. Agar yuqori turuvchi inson buyruq bersa uni bajargandan so‘ng bu ish no‘tog‘ri bo‘lsa, yuqori lavozim egasi aybdor bo‘ladi. Endi shu holat bo‘lsa buning shariatdagi hukmi nima? Ya’ni buyruqni bajarmaslik lozimmi? Agar ishidan ayrilish xavfi bo‘lsa ham. Yoki ishlamagan ma’qulmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson o‘zi bilan Allohning o‘rtasini isloh qilsa, Allohga bo‘lgan bog‘liqligini mustahkam qilsa, bandalarini orasidagi muomalasini to‘g‘rilab qo‘yadi. Buning uchun Allohga sodiq bo‘lish kerak. Alloh bandasiga bir joydan rizqini berib tursa osongina u rizqdan voz kechmaslik kerak. U rizqni deb gunohga ham qo‘l urmaslik kerak. Barchaning qalbi Allohning qo‘lida, o‘sha qalblarni buruvchi Zodga yalinish kerak. Har kuni ikki rak’at hojat namozi o‘qib ko‘p duo qiling. Shoshilmang, hojat namozini o‘qishda oylar va yillar ketsa ham bardavom bo‘ling. Bitta meva pishgunicha bahor, yoz va kuz degan uch fasl o‘zgarmoqda. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 22:13 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar