Ostonadan chiqsang taloqsan desa
Assalomu alaykum! Bundan 5 oy oldin erim bilan qattiq janjalashib qoldik shu ostonadan chiqsang taloqsan dedi men aynan o‘sha ostonadan chiqdim. Ketaman endi desam erim qo‘ymadi ko‘chadagi ostonani xatlamading bo‘laveradi deb. Bir tanish ilimi bor odamdan so‘rasa 3 kun ko‘chaga chiqmasin o‘zimga qayt deb uch marta ayting yashayverasizlar debdi, lekin men o‘sha kuni erimi kaltaklaridan begana ayolga ilakishganidan qattiq siqilib ketmoqchi edim. Meni niyatim esini kiritish edi bizga taloq tushganmi? Shu ishlardan kegin ancha ko‘nglim sovub qolgan turmushimdan erimdan. Majbur yashaganday yashayman, qayta nikox o‘qitishni tavsiya qilishdi. Aytishlaricha nikoxni isiqchiligi tusharmish. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “shu ostonadan chiqsang taloqsan” degan ostonadan chiqishingiz bilan taloq tushgan. So‘ragan tanishini ilmi yo‘q ekan. Yaqiningizdagi taloq ilmini yaxshi biladigan haqiqiy ahli ilmga uchrab masalangizni eringiz, siz va guvohlar bo‘lsa ularning huzurida hal qilib olinglar. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 22:13 | Savol-javoblar | 145 | Oila va turmush