asalomu aleykum ShAYX xazratlari
Nima uchun balikni uliginiyam yiyishadi xarom xisoplanmidimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Bizga ikki o‘limtik va ikki qon halol qilindi. Ikki o‘limtik baliq va chigirtkadir. Ikki qon bo‘lsa, jigar va qora taloqdir», dedilar».Ibn Moja va al-Hokim rivoyat qilganlar.Aslida Alloh taoloning: «Menga vahiy qilingan narsada taomlanuvchi uchun harom qilingan narsani topmayapman. Magar o‘limtik yoki oqizilgan qon yoki to‘ng‘iz go‘shti bo‘lsa, albatta, u iflos, haromdir», degan oyati ka-rimasiga binoan, asli halol hisoblangan hayvonlarning o‘limtigi va oqizilgan qoni haromdir.Ushbu hadisi sharif esa, o‘sha umumiy hukmdan to‘rt narsani: ikkita o‘limtikni va ikkita qonni istisno qilmoqda.«Ikki o‘limtik baliq va chigirtkadir. Ikki qon bo‘lsa, jigar va qorataloqdir».O‘limtik nopok, inson salomatligi uchun zararli bo‘lgani sababli Islom shariatida harom qilingan. Agar bemorlik oriz bo‘lmasa, hayvon o‘z-o‘zidan o‘lmaydi. Qolaversa, hayvon sharhiy yo‘l bilan so‘yilmay, boshqa sabablarga ko‘ra o‘lsa, qoni va u bilan birga undagi mikroblar, kasalliklar butun badaniga tarqalib ketadi. Uni taom sifatida tanovul qilgan odamga zarar etkazadi.Ammo, baliq va chigirtkada bu holat yo‘q. Ularning so‘yilganda oqadigan qoni yo‘q. Shuning uchun, ularning o‘limtigi hech zarar etkazmaydi. Bu narsa ilmiy tajribalar orqali ham tasdiqlandi.Lekin, chigirtkadan boshqa qoni yo‘q quruqlik hayvonlari haromdir. Chayonlar, arilar, pashshalar shular jumlasiga kiradi.Jigar bilan qorataloq ham asosan qondan tarkib topgan bo‘ladi. Ammo o‘sha qon jigar va taloqqa aylanganda zararsiz holga o‘tib qoladi, Shuning uchun ham, shariatimizda bu ikki narsa halol qilingan.Ushbu birinchi faslda taom sifatida istehmol qilish halol bo‘lgan hayvonlar haqidagi bahzi hadisi shariflarni o‘rganib chiqdik. Alloh taoloning yordami ila ikkinchi–eb bo‘l-maydigan hayvonlar haqidagi faslni o‘rganganimizdan so‘ng vaziyat yana ham oydinlashadi.Ushbu emoqligi halol bo‘lgan hayvonlar haqidagi bobning nihoyasida Islom shariatida faqatgina pok va foydali hayvonlarni taom sifatida tanovul qilish halol qilinganini yana bir bor tahkidlamoqchimiz.Shu bilan birga, suv hayvonlariga oid bir mulohazani eslatib qo‘ymoqchimiz. Avval aytib o‘tilganidek, suv hayvonlari haqida ulamo ahllarimiz turlicha ijtihod qilganlar. Albatta, ul muhtaramlar o‘z zamonlari, imkonlari, madaniyatlari va tushunchalari hamda boshqa omillardan kelib chiqib ijtihod qilganlar.Bugunga kelib suv hayvonot olami ham atroflicha o‘rganildi. Qadimda bo‘lmagan mahlumotlar paydo bo‘ldi. Shuning uchun, suv hayvonlarining halol-haromini aniqlashda avvalgi mahlumotlarga yangi mahlumotlarni ham qo‘shib, umumiy qoidalardan kelib chiqib ish yuritilsa, mahqul bo‘lsa kerak. Misol uchun, suvda o‘ta zaharli, eyish u yoqda tursin, biror joyiga tegib ketsa ham insonga zarar etkazadigan hayvonlar borligi aniq bo‘ldi. Bas, shundoq ekan, qandoq qilib uni halol, esa bo‘ladi, deya olamiz.Demak, bu masalada ehtiyot bo‘lmog‘imiz zarur bo‘ladi.
27 May 2022, 06:02 | Savol-javoblar | 182 | Halol va harom