Namozdan so‘ng qilingan duo

Assalomu alaykum! Namozdan so‘ng duo qilinganda uning savoblarini o‘tgan jamiki mo‘min-musulmonlarga bag‘ishlanganda ularning barchasiga ushbu savob etib borishi haqida xadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Farz namozlarning savobini bag‘ishlash to‘g‘risida biror bir dalil yo‘q. Nafl namozlarni bag‘ishlash joiz. Odatda namozdan keyin qilingan Qur’on tilovatining savobini o‘tganlarga bag‘ishlanadi. Hadislarda otasining nomidan haj qilish so‘ralganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam joiz deganlar. O‘zgalar tomonidan qurbonlik qilishni ham o‘zlari ko‘rsatib berganlar. Sadaqai joriyyalar qilib o‘zi istagan kishilar nomidan sadaqalar qilishga ruxsat berganlar. Shu va bu kabi juda ko‘p rivoyatlarga asoslanib ulamolarimiz oyat va hadislarni hammasini o‘rtaga jamlab, umumiy bir qoida chiqarganlar. U qoida: inson savobli amallarni bajarib, Allohdan qabul qilishini so‘rab, savobini o‘tganlarga bag‘ishlash mumkin deganlar. Qur’on tilovat qilish ham savobli amallardan. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 22:13 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar