Ayolim ibodatga bee’tibor
Assalomu alaykum! Maslahatingiz kerak men uylanganimga 5 oy bo‘ldi 25 yoshdaman ayolim 18 yoshda xomilador xech chiqisha olmayapman gaplarimiz bir biriga umuman mos emas ajrashayin desam Alloh taologa qanday javob beraman deb qo‘rqaman. Namoz o‘qiydi lekin birini o‘qisa biri qobketadi qolgan namozini o‘qimasa meni jahlim chiqadi, din borasida qo‘ldan kelgancha malumotga egaman. O‘rgatsam umuman qabul qilmaydi misol: taxoratga barmog‘ini botirib issig‘ini ko‘radi unday qima desam baribir qilaveradi xech bir malumotni qabul qilishni o‘rgata olmayapman ayolga namozlarni o‘qib ro‘zalarni tutib erini rozi qilsa jannatga kiradi deyilgan erkakga ayolni qaysarliklarini umuman xar qanday ozorlariga chidab yashasa bizlarga ham mukofotlar beriladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz shariatni chiroyli axloq bilan tushuntirishda bardavom bo‘ling. عَنْ أَبِى هُرَيْرَةَ رَضِىَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم- :لاَ يَفْرَكْ مُؤْمِنٌ مُؤْمِنَةً إِنْ كَرِهَ مِنْهَا خَلْقًا رَضِىَ آخَرَ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sallollohu alayhi vasallam:
“Mo‘min mo‘minaga g‘azab qilmaydi. (Chunki) U(ayol)ni bir odatini yomon ko‘rsa, u(ayol)ni boshqa xulqini yaxshi ko‘radi” dedilar”
Muslim rivoyati.
Eng ya’shi tavsiya shuki, ayolni yomon odatlariga ko‘z yumib, ya’shi xulqlariga e’tibor qaratish lozim. Qur’oni karimda ham bu haqda quyidagi oyat vorid bo‘lgan:
“Ular ila yaxshilikda yashang. Agar ularni yoqtirmasangiz, shoyadki, Alloh siz yoqtirmagan narsada ko‘pgina yaxshiliklarni qilsa” (Niso 19-oyat).
Shuningdek, ayollar o‘z erlariga itoat qilishlari borasida bot-bot ta’kidlangan hukmlar vorid bo‘lgan. Bu haqda Nabiy sallollohu alayhi vasallam quyidagi hadis rivoyat qilingan.عَنْ أَبِى هُرَيْرَةَ رَضِىَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم : لَوْ كُنْتُ آمِرًا أَحَدًا أَنْ يَسْجُدَ لأَحَدٍ لأَمَرْتُ الْمَرْأَةَ أَنْ تَسْجُدَ لِزَوْجِهَا لِمَا عَظَّمَ اللَّهُ مِنْ حَقِّهِ عَلَيْهَا Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sallollohu alayhi vasallam:
“Biror kishini biror kishiga (farazan) sajda qilishga buyurguvchi bo‘lsam, ayolni o‘z eriga u(er)ni haqqi un(ayol)da ko‘p bo‘lgani bois sajda qilishga amr qilgan bo‘lar edim”, dedilar”.
Bayhaqiy rivoyati.
Qur’oni karimda solih va yaxshi ayol sifatida o‘z eriga itoat qiluvchi ayol zikr qilingan.
Alloh ba’zilarini ba’zilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar ayollarga rahbardirlar. Soliha ayollar-itoatkor va Allohning hifzi-himoyasi bo‘yicha g‘oyib(er)larining muhofazasini qiluvchilardir. (Niso 34-oyat).
Yaxshi, soliha ayol eri hokimyati va rahbarligiga o‘zini taslim qilib, uni farmonlariga itoat qiladi. Nabiy sallollohu alayhi vasallam o‘z eri amriga itoat qiluvchi ayollarni maqtaganlar. Nabiy sallollohu alayhi vasallamdan “Qaysi ayol o‘z eriga tobe’ bo‘lib, itoat qilsa, havodagi qushlar, dengizdagi baliqlar, samodagi farishtalar va o‘rmondagi darandalar istig‘for aytadilar” rivoyat qilingan .
Er-xotin o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida Qur’on va hadisda kelgan ko‘rsatmalarning xulosasi shuki, nikoh rishtasini mustahkamlab, ildiz ottirishga zamin yaratish darkor. Shu bois odatda er-xotin orasida o‘tib turadigan gaplarga asoslanib ayoliga taloq qo‘yish yaxshi ish emas. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 22:23 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush