Angliyadagi tamaddixonada ishlash
Assalomu alaykum! Angliyada Bagel king nomli tamaddixona bor. Bu joy halollik sertifikatini olgan va 90% ovqatlari halol. Shu joyda ishlaydigan bir o‘zbek do‘stim ishga taklif qilyapti. u joyda xo‘rrandalar buyurtma berishadi va ovqatlar fast food ko‘rinishida tayyorrlab beriladi va o‘zlari bilan olib ketishadi. Do‘stimning aytishi bo‘yicha bir burchakda cho‘chqa go‘shidan tayyorlanadigan fast food ham bor ekan. har 10ta zakazdan taxminan bittasiga shu cho‘chqali fast food tayyorlashga to‘g‘ri kelar ekan. Men bu menga to‘g‘ri kelmaydi desam do‘stim agar cho‘chqali fast foodga zakaz kelsa o‘zim tayyorlab beraman siz halollarini tayyorlasangiz bo‘ldi deyapti. Men ikkilanib qaldim. Shu joyda, do‘stim aytgan shartlarda ishlasam topgan pulim halol bo‘ladimi? Yoki ishlash joiz emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida aniq halol ish bo‘lsa, qilishingiz joiz. Odatda cho‘chqa ham sotiladigan joyga halol sertefikatini berilmaydi. Sertifikat faqat halol mahsulotlarga beriladi. Shunday bo‘lgan taqdirda ham siz musulmon birodaringizni haromga aralashmasligia nasihat qiling. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 22:23 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat