1ta taloq berish

Assalomu alaykum! Yaxshi ko‘rib oila qurgan edik. Xech qancha vaqt o‘tmay oramizga 3-4-5-shaxslar aralashuvi natijasida bo‘lgan ko‘pgina mojarolar sabab erim menga 1 martta "-Talog‘ingni berdim!" dedilar. Jaxl ustida emas ekan. Alhamdulillah 1ta o‘g‘il farzandimiz bor. Hozir 4 oydan buyon qizlik uyimdaman. Taloqdan keyin yarashish yo‘llari bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir marotaba “talog‘ing berdim” deyishi bilan bitta raj’iy taloq tushgan. O‘sha vaqtdan boshlab ayolning iddasi boshlangan. O‘sha idda vaqti ichida er ayolni qayta nikohsiz ham qaytarib olishi mumkin. Idda chiqqanidan so‘ng esa qayta nikohlamay qaytarib ololmaydi. Vallohu a’lam!

17 Sentabr 2022, 00:00 | Savol-javoblar | 124 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar