Qabr ne’matlari

Assalomu alaykum! Musulmon kishi bu dunyodan o‘tgandan keyin qabrda savol javobdan so‘ng Olloh taolo uni jannati ekanini aytsa, shu odam payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni ko‘ra oladimi? Yani u zot bilan gaplasha oladimi? Qiyomatgacha u zot bilan ko‘risha oladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha kelgan xolos: عَنْ أَبِي سَعِيدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: دَخَلَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مُصَلَّاهُ فَرَأَى نَاسًا كَأَنَّهُمْ يَكْتَشِرُونَ، فَقَالَ: أَمَا إِنَّكُمْ لَوْ أَكْثَرْتُمْ ذِكْرَ هَاذِمِ اللَّذَّاتِ لَشَغَلَكُمْ عَمَّا أَرَى، فَأَكْثِرُوا ذِكْرَ هَاذِمِ اللَّذَّاتِ الْمَوْتُ، فَإِنَّهُ لَمْ يَأْتِ عَلَى الْقَبْرِ يَوْمٌ إِلَّا تَكَلَّمَ فِيهِ فَيَقُولُ: أَنَا بَيْتُ الْغُرْبَةِ، وَأَنَا بَيْتُ الْوَحْدَةِ، وَأَنَا بَيْتُ التُّرَابِ، وَأَنَا بَيْتُ الدُّودِ، فَإِذَا دُفِنَ الْعَبْدُ الْمُؤْمِنُ قَالَ لَهُ الْقَبْرُ: مَرْحَبًا وَأَهْلًا، أَمَا إِنْ كُنْتَ لَأَحَبَّ مَنْ يَمْشِي عَلَى ظَهْرِي إِلَيَّ، فَإِذْ وَلِيتُكَ الْيَوْمَ وَصِرْتَ إِلَيَّ فَسَتَرَى صَنِيعِيَ بِكَ، قَالَ: فَيَتَّسِعُ لَهُ مَدَّ بَصَرِهِ وَيُفْتَحُ لَهُ بَابٌ إِلَى الْجَنَّةِ. وَإِذَا دُفِنَ الْعَبْدُ الْفَاجِرُ أَوِ الْكَافِرُ قَالَ لَهُ الْقَبْرُ: لَا مَرْحَبًا وَلَا أَهْلًا، أَمَا إِنْ كُنْتَ لَأَبْغَضَ مَنْ يَمْشِي عَلَى ظَهْرِي إِلَيَّ، فَإِذْ وَلِيتُكَ الْيَوْمَ وَصِرْتَ إِلَيَّ فَسَتَرَى صَنِيعِيَ بِكَ، قَالَ: فَيَلْتَئِمُ عَلَيْهِ حَتَّى تَلْتَقِيَ عَلَيْهِ وَتَخْتَلِفَ أَضْلَاعُهُ، قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِأَصَابِعِهِ فَأَدْخَلَ بَعْضَهَا فِي جَوْفِ بَعْضٍ، قَالَ: وَيُقَيِّضُ اللهُ لَهُ سَبْعِينَ تِنِّينًا (ثُعْبَانًا) لَوْ أَنَّ وَاحِدًا مِنْهَا نَفَخَ فِي الْأَرْضِ مَا أَنْبَتَتْ شَيْئًا مَا بَقِيَتِ الدُّنْيَا، فَيَنْهَشْنَهُ وَيَخْدِشْنَهُ حَتَّى يُفْضَى بِهِ إِلَى الْحِسَابِ، قَالَ: وَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِنَّمَا الْقَبْرُ رَوْضَةٌ مِنْ رِيَاضِ الْجَنَّةِ أَوْ حُفْرَةٌ مِنْ حُفَرِ النَّارِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ  Abu Sa’iyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozgohlariga kirdilar va odamlarni jilmayib turgan hollarida ko‘rdilar-da:
«Agar sizlar lazzatlarni buzuvchini ko‘proq eslaganlaringizda, men sizlarni ko‘rib turgan holingizdan mashg‘ul qilar edi. Bas, lazzatlarni buzuvchini – o‘limni ko‘p eslangiz. Chunki qabr har kuni: «Men g‘urbat uyiman. Men yolg‘izlik uyiman. Men tuproq uyiman. Men qurtlar uyiman», deb turadi. Bas, qachon mo‘min banda dafn qilinsa, qabr unga:
«Marhabo! Xush kelding! Sen men uchun ustimda yurganlarning eng mahbubisan. Bugun senga valiy bo‘lsam va sen men tomon kelsang, senga nima qilishimni ko‘rasan», deydi.
Bas, u uning ko‘zi etgan joygacha kengayadi. Uning uchun jannat sari eshik ochiladi.
Qachon fojir yoki kofir banda dafn qilinsa, qabr unga:
«Senga marhabo yo‘q! Xush kelmading! Sen men uchun ustimda yurganlarning eng yomonisan. Bugun senga valiy bo‘lsam va sen men tomon kelsang, seni nima qilishimni ko‘rasan», deydi.
Bas, u uni siqadi, uning qovurg‘alari bir-biriga kirishib ketadi», deb Rasululloh sollallohu alayhi vasallam barmoqlarini bir-biriga kiritib ko‘rsatdilar va so‘zlarida davom etib:
«Keyin unga etmishta katta ilon yuboriladi. Ularning bir donasi erga puflasa, u erda dunyo turguncha biror narsa o‘smaydi. Bas, ular uni to hisobga olib borilguncha chaqib, jarohatlab turadilar», dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana:
«Albatta, qabr jannat bog‘laridan biridir yoki do‘zax chuqurlaridan biridir», dedilar».
Termiziy rivoyat qilgan. (“Hadis va Hayot” kitobidan).  Vallohu a’lam!

9 May 2022, 23:47 | Savol-javoblar | 141 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar