Dori savdosida tarjimonlik

Assalomu alaykum! Hindistondan Ajanta nomli dori firmasidan vakil keldi men esa unga tarjimonlik qildim lekin ular doktorlarga va adashmasam aptekalarga pul berishar ekan dori yozib bergani uchun. Saytdagi raqobat va dori savdosi haqidagi ma’lumotlarni o‘qib chiqdim. So‘ng menejeri va o‘sha chet el vakilidan bular narxi qimmat bo‘lgani bilan effekti qanaqa arzon dorilarga qaraganda deb so‘radim (menimcha ularning dorilari unchalik qimmat emas trimol nomli dori o‘sha firmaniki, o‘rtameyona ) hind vakili "ko‘proq effekt ko‘proq narx" deb javob berdi. Menejer va shifokorlar ham dorilarni maqtadi.dori narxini tushirish taklifini ham tarjima qildim. Reklama qilmay pul berishmasa ham bir doktor o‘sha firmani maqtadi. Ular aptekalardan ham qolgan firmalar qanday sovg‘a va pul berishlarini so‘rashdi. Men tarjima qilib turdim. Bu kompaniya siri emasmi deb so‘rasam yo‘q hech narsa emas degan manodagi javob oldim. Shubhalangan joyim bir doktor " yozib beryappiz endi iloji yo‘q odamlar olishyapti shikoyat qilgani deyarli yo‘q" mazmunida gapirdi. Lekin bu gapni tarjima qilmadim. Shundan beri ichimda bu ishlab topgan pulim halolga o‘xshaydiyu lekin nimadir tinchlik bermayapti. Men asosan doktorlarning gaplarini tarjima qildim va shunga o‘xshash gaplar. Agar yana eski kasalim vasvasaga berilib o‘rinsiz savol bergan bo‘lsam uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biz javobni berganmiz o‘sha tushunganingiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 22:45 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar