Jamoatga qo‘shilish shartmi?
Assalamu alaykum! Agar yashab turgan joy aholisi o‘zlari musulmon bo‘lsalar-u, din hukmlariga deyarli amal qilmasalar, dinga teskari ishlarga ularda alohida ishtaha bo‘lsa, "Odamlarga aralashay" degan fikr bilan ularning ichiga kirganda, ba’zan yaxshiliklar aytsangiz, boshqa payt ularga qo‘shilolmay (nojoiz ishlar qilayotganlari uchun) turganingizdan, sizni "Mulla" deb o‘zaro kalaka qilishsa-yu, bu tufayli sizda ularga engil nafrat bo‘lsa, o‘zingizni ulardan balandroqda sezsangiz, shu fe’lingiz tufayli do‘st-birodaringiz deyarli bo‘lmasa, "Bu erlarga Islom hali etib kelmas" degan fikr ko‘p yillik umidlaringizni engib olgan bo‘lsa, o‘zingiz bir chetda, oilangizda islomiy "orolcha" qurib olib (kuchingiz etganicha) shunda yashasangiz, bu o‘sha kitoblarda kelgan, "zarracha kibr egasi jannatga kirmaydi", deb aytilgan hukmga kirib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buni kibr emas, balki gunohdan nafratlanish deyiladi. Alloh taolo “An’om” surasi 68-oyatida marhamat qiladi :
Oyatlarimizni (istehzo qilishga) sho‘ng‘iyotganlarni ko‘rgan chog‘ingda, to undan boshqa gapga sho‘ng‘igunlariga qadar ulardan yuz o‘gir. Agar shayton esingdan chiqargan bo‘lsa, eslaganingdan so‘ng zolim qavmlar bilan o‘tirma!
Iymon masalasida zid bo‘lgan qavm bilan birga o‘tirish, uns-ulfat topish oson ish emas. Ayniqsa, o‘sha kofirlar majlisda Allohning oyatlarini masxara qilayotgan bo‘lsalar, ularning bu istehzolarini tinglab o‘tirish hech to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun ham Alloh taolo O‘z Payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamning «zolim qavmlar» – mushriklarning o‘shanday majlislarida o‘tirishlarini man qilmoqda.
«Oyatlarimizni (istehzo qilishga) sho‘ng‘iyotganlarni ko‘rgan chog‘ingda, to undan boshqa gapga sho‘ng‘igunlariga qadar ulardan yuz o‘gir».
Demak, unday qavm qurgan majlisga yaqinlashish ham mutlaqo mumkin emas. Agar gap nima haqida ketayotganidan bexabar holda yoki ushbu amri ilohiyni unutib qo‘yib, ular bilan o‘tirib qolingan bo‘lsa,
«Agar shayton esingdan chiqargan bo‘lsa, eslaganingdan so‘ng zolim qavmlar bilan o‘tirma!» degan ko‘rsatmaga binoan, u majlisdan darhol turib ketish lozim.("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:34 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar