O‘zaro musobaqa

Assalomu alaykum! Men xufton va bomdod namozlarini jamoat bilan masjidda o‘qishga kirishgan edim. Lekin orada bir-ikki marta turli oddiy sabablar bilan bora olmadim. Shu sabab bir narsani o‘ylab qoldim. Hozir pandemiya, barcha kursdoshlarimiz o‘z uylarida. Namozxon do‘stlarim bilan bog‘landim, ularda ham menday holat ekan. Barchamizga foydali bo‘lsin deb musobaqa qilamiz dedik. Har kuni xufton va bomdoddan qaytishda rasmga tushib guruhga tashlaymiz va davomat qilamiz dedik. Har hafta, har oy uchun yutuqqa kitob qo‘ydik. Kitob uchun pulni hammamiz o‘rtada yig‘amiz. Lekin kitob yutganga beriladi deb kelishdik. Savolim shundan iboratki, shu ishimiz to‘g‘rimi? Aynan kitob uchun pulni o‘rtada qilishimiz va uni bir kishiga berishimiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shu ishlaringiz to‘g‘ri emas. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 22:56 | Savol-javoblar | 151 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar