Darslar xaqida

Assalomu alaykum! Ko‘pchilik singari men xam dinimni yaxshi ko‘raman. Unga qattiq amal qilgim keladi. Arab tilini bundan xam yaxshi o‘rganib, ko‘proq Qur’on va diniy kitoblarni o‘rgangim keladi. Lekin bizning yurtimizda yoshlarga mo‘ljallangan maxsus arab tili va Qur’on maktabi yo‘qligi uchun, dunyoviy fanlarni o‘rganishga majbur bo‘laman, ulardan foyda bo‘lmasligini bilsamda, xammasida ko‘limdan kelganicha a’lo o‘zlashtiraman, ota-onamni ishonchli zoe ketmasin deb. Lekin ba’zida o‘ylanib qolaman, bu fanlardan Allohni oldida foydasi yo‘qku, deb. Xullas, gapimning lo‘ndasi, ikki tarafdan yursang, xech biriga erisha olmaysan deyishadi. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gohida dunyoviy ilmlar farzi kifoya ilmidan muhimroq darajaga chiqadi. Albatta farzi ayn darajadagi ilmni o‘rganishingiz shart. Savolingiz takroriy. “Izlash xizmati”dan foydalansangiz farqlarini topasiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 22:56 | Savol-javoblar | 147 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar