Talog‘ingni berdim deb tan olmayapti

Assalomu alaykum! Mavzuga tegishli javoblarni ko‘rib chiqdim baribir savol berishga qaror qildim. Turmush o‘rtog‘im bilan o‘zaro janjallashib qoldik, u yashamaysanmi deb so‘radi, men yashamayman deb javob berdim, yashamasang talog‘ingni berdim deb aytdi. Keyingi kuni esa u aytmaganman, aytsam xam jahl ustida aytgandurman deb tan olmayabti. Nikoximiz saqlanib qolganmi yoki taloq tushganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tan oladimi yoki olmaydimi buni qizig‘i yo‘q. Agar holat xuddi siz aytgandek bo‘lib, “yashamasang talogingni berdim” degan bo‘lsa oraga taloq tushgan. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 23:18 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar