Bandalarning haqlari
Assalamu alaykum! Hurmatli hay’at a’zolari! Allohga cheksiz shukrlar bo‘lsinkim, ulamolarimizning sayi-harakatlari bilan dindagi ilmlarimiz bir oz ko‘paydi, adabiyotlardan ta’lim olib, baholi qudrat amal qilishga arakatimiz ham yo‘q emas. Kitoblardan ta’lim olib shuni angladimki, Alloh haq subhanahu taolo barcha mahlukotlarini bir-biridan haqdor qilib qo‘ygan ekan, shu jumladan uning O‘zini ham mahluqlarida haqqi borligini va insonni ham Allohda haqqi borligini ta’lim oldim. Vallohu a’lam. Savolim shundan iboratki, yaratilgan mahluqotlarning bir-biridan nimada haqqi borligi haqida biror bir mukammalroq yozilgan yaxlit adabiyot bormi(o‘zbek tilida)? Sababi, biz bandalik qilib, kimni bizda qanday haqqi borligini bilmasdan yoki ilmsizlik qilib, qarzimizni ado eta olmasdan, qiyomat kunida ayanchli holatga tushib qolmaylik deyman (Alloh asrasin). Agar bunday adabiyot mavjud bo‘lmasa, iltimos, Alloh roziligi uchun shunday kitob yozsangizlar, oqibatda Alloh muallifdan rozi bo‘lsa-yu, ikki dunyo saodatiga erishsa. Amiyn.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytgan haqlar bir kitobda jam qilingan emas. Masalan erning ayoli va ayolning erdagi haqlari “Baxtiyor oila” kitobida, farzand va ota-onaga oid haqlar “Yaxshilik va silai rahm” kitobida, boshqa ijtimoiy haqlar “Ijtimoiy odoblar” kitoblarida yozilgan. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:41 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar