Muslima qiz tarbiyasi

Assalomu alaykum! Muslima qiz uchun qanday sport turini tanlagani maqul? Men ota sifatida 5 yoshli qizimni qilichbozlikka bermoqchiman, sababi bu sport turi hijob kiyishga halal bermasa kerak deb o‘ylayapman. O‘ylanitrayotgan joyi belning past qismiga tor bo‘lmagan shim kiyish kerak ekan. Shu sport turi bir muslima qiz uchun to‘g‘ri keladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimiz salomatlik uchun sport bilan shug‘ullanishga ruxsat beradi. Qiz bolani o‘zini tabiatiga munosibroq kasbga qiziqtirish kerak. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 23:29 | Savol-javoblar | 198 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar