73 firqa
Assalomu alaykum! Bilamizki Islom keyinchalik 73 firqaga bo‘linadi. Bir odam shu 73 firqadan faqat ahli sunna val jamoadagilar qilgan savoblariga qarab jannatga kirishadi qolganlari esa aqiydada adashganligi uchun qancha ko‘p savob qilishsa ham do‘zaxga ketadi deb aytdi. Hizb ut taxrirdagilar ham jannatga kirmasligining xavfi bormi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Xizbut tahrir ham o‘sha etmish ikki firqaning biriga kiradi.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: افْتَرَقَتِ الْيَهُودُ عَلَى إِحْدَى أَوْ ثِنْتَيْنِ وَسَبِعِينَ فِرْقَةً، وَتَفَرَّقَتِ النَّصَارَى عَلَى إِحْدَى أَوْ ثِنْتَيْنِ وَسَبْعِينَ فِرَقَةً، وَتَفَرَّقَتْ أُمَّتِي عَلَى ثَلَاثٍ وَسَبْعِينَ فِرْقَةً. زَادَ فِي رِوَايَةٍ: ثِنْتَانِ وَسَبْعُونَ فيِ النَّارِ وَوَاحِدَةٌ فِي الْجَنَّةِ وَهِيَ الْجَمَاعَةُ. رَوَى الثَّلَاثَةَ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Yahudiylar etmish bir yoki etmish ikki firqaga bo‘lindilar. Nasorolar etmish bir yoki etmish ikki firqaga bo‘lindilar. Mening ummatim esa etmish uch firqaga bo‘linadi», dedilar».Boshqa bir rivoyatda:«Etmish ikkitasi do‘zaxda, bittasi jannatda. U – jamoatdir» iborasi ziyoda qilingan. Ushbu uch hadisni Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.Sharh: Bu hadisning avvalida yahudiylar va nasroniylar etmish bir yoki etmish ikkitadan firqaga bo‘linganlari aytilmoqda. Bu firqalar ma’lum va mashhurdirlar. Ularning zalolatga ketishlari ham shunday. Hadisning davomida esa kelajakda Islom ummati etmish uch firqaga bo‘linib ketishi haqida xabar berilmoqda. Ming afsuslar bo‘lsinkim, bu gaplar yuzaga chiqdi. Islomga e’tiqod qilib yurganlar ichida ham turli-tuman firqalar paydo bo‘ldi. Kezi kelganda shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, ushbu hadisda va shu ma’nodagi boshqa hadislarda zikr qilingan firqalardan murod aqiydaviy firqalardir. Ba’zi bir haddidan oshganlar o‘ylaganidek, fiqhiy mazhablar emas. Chunki fiqhiy mazhablar o‘z nomi bilan mazhab, firqa emas. Fiqhda ixtilof, bir-birini kofir qilish yo‘q. Fiqhda sirtdan xilof bo‘lib ko‘ringan narsa aslida bir narsani ado etishning turli ko‘rinishlari, xolos. E’tiqoddagi bo‘linish esa firqachilik deb nomlanadi. Bunda har bir firqa boshqasini kofirga chiqaradi. Ularning kelishmovchiliklari tavhid asoslari, qazoi qadar, Payg‘ambarlik shartlari kabi masalalarda bo‘ladi. Aqiyda kitoblarida ana o‘sha firqalarning asosini quyidagi olti firqa tashkil etishi aytilgan: 1. Rofizalar – shialar va ularga tobe’lar. 2. Jahmiya – Jahm ibn Safvon Samarqandiyning buzuq aqiydaviy firqasiga ergashganlar. Ular asosan Alloh taoloning sifatlarini manfiy qilish, amaldan qoldirish bilan mashhur bo‘lganlar. 3. Haruriya – Xavorijlardan bo‘lib, Kufa yaqinidagi Haruro degan joyda turganlar. Ular gunohkor mo‘min do‘zaxda abadiy qoladi, gunohi kabira qilgan mo‘min esa kofirdir, deydilar. 4. Murji’alar – «Kalimai tavhidni til bilan aytib, dil bilan tasdiqlasa bo‘ldi, amalning keragi yo‘q», deganlar. 5. Qadariya – qazoi qadarni inkor qiladiganlar. 6. Jabriyalar – «Inson hamma ishlarini majbur holda qiladi, uning ixtiyori yo‘q», deganlar. Ushbu asosiy olti firqadan boshqa firqalar ham tarqalgan. Bu firqalar o‘zaro talashib-tortishib, juda ko‘p zararlarga, balo-ofatlarga sabab bo‘lganlar. Imom Abu Dovud qilgan rivoyatdagi ziyodada Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Mening ummatimdan bir qavmlar chiqadiki, havoyi nafs ularga xuddi quturish kasali kabi, hech bir tomirni qo‘ymay kirgandek kiradi», deganlar. Ushbu ziyodada mazkur firqalarning umumiy sifatlari keltirilmoqda. Ularning barchasi o‘z kibr-havosi kasaliga uchraydilar. Xuddi quturgan it tishlab, quturib qolgan odam holiga tushadilar. Tafriqachilik ruhi ularning tomir-tomirlarigacha singib ketadi. Mo‘min-musulmonlarni kofir qilishdan boshqa narsa ko‘zlariga ko‘rinmay qoladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bularning hukmi qanday bo‘lishini hadisi sharifning oxirida aytmoqdalar: «Etmish ikkitasi do‘zaxda, bittasi jannatda, u jamoatdir». Ya’ni, Islom ummatida paydo bo‘lgan etmish uchta e’tiqodiy firqadan etmish ikkitasi do‘zaxga, bittasi jannatga tushadi. O‘sha jannatga tushadigan firqa jamoat firqasidir. Ya’ni, musulmonlarning asosiy ommasini jamlab, Kitob va Sunnatga amal qiluvchi toifadir. Bu saodatli toifa «Ahli sunna va jamoa» nomini olgan, ya’ni e’tiqod bobida Sunnatga muvofiq ish ko‘ruvchi va musulmonlarning ommaviy jamoasini birlashtiruvchi mazhabdir. Alhamdulillah, bizning yurtimiz musulmonlari doimo shu mazhabda bo‘lib kelganlar va bundan buyon ham shunday bo‘lib qolishi uchun harakat qilmoq lozim. Ushbu hadisdan olinadigan foydalar: 1. Yahudiylarning etmish bir yoki etmish ikki firqaga bo‘linganligi. 2. Nasorolarning etmish bir yoki etmish ikki firqaga bo‘linganligi. 3. Musulmonlarning etmish uch firqaga bo‘linishi. 4. Jamoatni o‘ziga jamlagan firqaning jannatga tushishi. 5. Qolgan etmish ikki firqaning do‘zaxga tushishi. 6. Ahli sunna va jamoa mazhabini mahkam ushlash kerakligi. Keyingi paytlarda zalolatga ketgan turli firqalar Islom nomidan odamlarning boshini aylantirib, o‘z zalolatlarini tarqatmoqdalar. Qodyoniya, Bahoiya, Ahmadiya, Habash va boshqalar shu jumladandir. Musulmonlar qo‘zlarini ochib, Ahli sunna va jamoadan boshqa hech bir firqaga ergashmasliklari kerak. Musulmonlarning to‘qson foizidan ortig‘i Ahli sunna va jamoadandirlar. To‘rt mo‘’tabar fiqhiy mazhab imomlari ham, ularning atbo’lari ham Ahli sunna va jamoadandirlar. Kim Ahli sunna va jamoadan boshqa firqaga ergashsa, ushbu hadisda zikr qilingan baloga giriftor bo‘ladi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 19:28 | Savol-javoblar | 199 | Aqiyda